- Tungi rejim'da yaxshilanishlar
- Qo'shimcha yaxshilanishlar
- Market qo'shildi
"Men ham namoz oqiyman" kitobi hamda islom.ziyouz.com sayti asosida tayyorlangan va tartiblangan Erkaklar va Ayollar uchun namoz o'rganish uchun batafsil yoritilgan qo'llanma.
Tahorat olish tartiblari, Namoz oqish tartibi to'liq rasmlar bilan joylashtirilgan bo'lib, duo va suralarning audio mp3 talqini ham mavjuddir.
Endi dasturda Namoz vaqtlari menyusi mavjud va siz O'zbekistonning istalgan mintaqasi uchun aniq namoz vaqtlarini ko'rishingiz mumkin!
Mundarija:
- POKLANISH
- Tahorat olish tartibi, Tahoratni buzadigan hollar, G'usl, Tayammum
- Poklanish va Namozga oid turli savollar va ularning javoblari
- ERKAKLAR va AYOLLAR UCHUN: 5 mahal namozlarning o'qilish tartibi (Rasmlari, Suralar va duolar bilan)
- NAMOZ VAQTLARI
- QAZOLAR XISOBI
- QIBLA TOMONNI TOPISH KOMPASI
- NAMOZDAN KEYINGI ZIKRLAR:
- JAMOAT NAMOZLARI
- NAMOZDAGI XATOLIKLAR
- NAMOZNI BUZADIGAN HOLLAR
- OLTI DINIY KALIMA
- QIRQ FARZ va boshqalar.
ISLOM VA IMON SHARTLARI
Islom tinchlikka, poklikka, insoniylikka, mehr-muruvvatga, vatanparvarlikka, ilm olishga chaqiruvchi dindir. U insonni ikki dunyo saodatiga yetkazadi.
Quyidagilar Islom dinining ruknlaridir:
1. Imon.
2. Har kuni besh mahal namoz o‘qish.
3. Ramazon oyida o‘ttiz kun ro‘za tutish.
4. Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir. Ya’ni boyligi nisobga (muayyan miqdorga) yetgan musulmonning yilda bir marta haqdorlarga zakot berishi farz.
5. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadigan musulmonlargagina farzdir.
Quyidagilarga ishongan kishi imonlidir:
1) Allohga;
2) Allohning farishtalariga;
3) Allohning kitoblariga;
4) Allohning payg‘ambarlariga;
5) Oxirat kuniga;
6) Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7) O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa.
Namoz vaqtlari Islom.uz portali orqali ko'rsatiladi!
"MEN HAM NAMOZ O‘QIYMAN" kitobi
Mas’ul muharrirlar: Abdulaziz MANSUR, Anvar TURSUN
Tahrir hay’ati: Nurulloh MUHAMMAD RAUFXON Muhammad ShARIF JUMAN Nuriimon ABULHASAN
Nashrga tayyorlovchi: Abdulloh MUROD XOLMUROD o‘g‘li
Tartiblovchi: Qudratulloh JUMA o‘g‘li
Musahhiha: Rayhona XOLBEK qizi
Oyatlar tarjimoni va izohlar muallifi Abdulaziz MANSUR
Toshkent «Yangi asr avlodi» 2003
Namoz organish kitobi va tahorat olishni organish