Takasur surasi audio mp3, tarjima matni
Takasur surasining arabcha yozilishi, o‘qilishi, tarjimasi va ma’nosi hamda mashxur qorilar tomonidan tiloat etilgan audio mp3 ko‘rinishi jamlangan mobil ilova.
Takasur surasi (arabcha: سورة التكاثر, nomining ma’nosi — To‘plab ko‘paytirishga berilmoq) — Qur’onning 102-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Qur’onning 600-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 16-bo‘lib nozil bo‘lgan. Takosur — to‘plab ko‘paytirish ishtiyoqida bo‘lmoq demakdir. Surada mol-dunyo to‘plash harakati bilan ovora bo‘lib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, ya’ni, hayotdan ko‘z yumgach hamda oxiratdagi jazoni muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, o‘sha kuni ato etilgan ne’matlardan hisobot olinishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Ushbu sura tarjimasi va ma’nolari islom.uz va quron.uz saytlaridan olindi.
Audio materiallar mp3muslim.uz saytidan olindi.