1.5
Azon nima bu? (arab, namozga chaqirish)
1) islom dinida har kuni o‘qiladigan 5 mahal namozga muazzin etadigan da’vat. A. namoz uchun buyurilgan sunnat hisoblanadi. Muazzin (azon aytuvchi) odatda har bir masjidda bo‘ladi. Uning aytgan A. i namoz vaqti bo‘lganligini bildiradi. A. baland ovoz bilan o‘ziga xos ohang ila aytiladi. A. 622–623 yillarda Muhammad (sav) tomonidan belgilandi. Birinchi muazzin Bilol(ra) bo‘lgan. aytish islom tarixining bir necha asrlari davomida shakllandi.
2) Islomda yangi tugilgan chaqaloqning qulog‘iga Ezan. aytish odati ham bor. Bunda avval maxsus duo o‘qilib, so‘ng ohista tovushda bolaning o‘ng qulog‘iga Adhan., chap qulog‘iga tak-bir aytiladi. Bu odat go‘dakning bokira shuuriga Alloh taolo nomini muhrlash mazmunida talqin etilgan.
3) O‘zbek tilida so‘zi ertalab, saharlab, ilk sahar (kun chiqishdan oldingi payt) ma’nosini ham anglatadi. Besh vaqt namoz va juma namoziga aytiladigan azon va takbiri iqomatning hukmi erkaklar uchun farzi kifoyadir. Azonda oʻn besh jumla boʻlib, ular quyidagilar: