Homiladorlik davri

Tibbiyot

Homiladorlik davri

پزشکی
  • 0.00
(0 رای)

نصب رایگان

100000

نصب ها

Android 4.4+

نسخه حداقل

با تبلیغات

تبلیغات

15.11.2019

تاریخ انتشار

تغییرات اخیر:

Homiladorlik davri

توضیحات:

Homiladorlik, ogʻir oyoqlik — urugʻlangan tuxumhujayraning ona organizmida rivojlanib, yetuk homilaga aylanishidan iborat fiziologik jarayon. Ayol tuxumdonida yetilib chiqqan tuxumhujayraning erkak jinsiy hujayrasi bilan qoʻshilishi (urugʻlanishi)dan boshlanadi va oʻrta hisobda 280 kun, yaʼni 10 qamariy oy davom etadi.

Urugʻlanish bachadon nayida roʻy beradi. Urugʻlangan tuxumhujayra bacha-don nayining chuvalchangsimon qisqarishi tufayli bachadon boʻshligʻiga qarab surilib boradi, shu vaqtda u mayin tuklar (vorsinkalar) bilan qoplanib, koʻp hujayrali embrionga aylanadi, oʻsha tuklar yordamida bacha-don shilliq pardasiga payvandlanib oladi. Shu vaqtdan boshlab homila shakllana boshlaydi va ayol organizmidagi baʼzi sistemalar funksiyasi tegishlicha oʻzgarib boradi. Embrionning bachadonga payvandlangan joyida tuklar juda oʻsib ketadi va ulardan platsenta, yaʼni yoʻldoshning tarkibiy qismi — bola oʻrni hosil boʻladi, u kindik orqali homila bilan tutashadi. Kindik qon tomirlari boʻylab platsenta orqali ona organizmidan homilaga oziq moddalar, kis-lorod kelib turadi va homiladan keladigan almashinuv mahsulotlari chiqib ketadi.

Homiladorlik davrida ayol organizmida har xil funksional oʻzgarishlar roʻy berib, homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi. Bu davrda markaziy nerv sistemasi funksiyasi bir qadar oʻzga-rib, natijada orqa miyaning qoʻzgʻa-luvchanligi pasayadi, bu — bachadon muskullarining boʻshashishi va uning tinch holatda boʻlishiga olib keladi.

Homiladorlik paytida hosil boʻladigan sariq tana va platsenta homilaning oy-kuni yetib tugilishi uchun zarur gormonlar ishlab chiqaradi; platsentadan ishlanib chiqadigan va boshqa gormonlar taʼsirida sut bezlari kattalashib, H. oxiriga borganda, undan ogʻiz suti, chilla davrida esa sut kela boshlaydi. Bachadonda ham talaygina oʻzgarishlar roʻy beradi: u ham boʻyiga, ham eniga qarab oʻsib, platsentaga qon olib keladigan yirik va mayda qon tomirlari nihoyatda koʻpayadi. Ayol chuqurroq nafas oladigan boʻlib qoladi, bu — qonning kislorod bilan koʻproq toʻyinishini taʼminlaydi. Yurakning qis-qarish xususiyati sezilarli darajada kuchayadi, natijada kislorod bilan toʻyingan qon ayolning hayot uchun muhim aʼzolariga, jumladan bachadoniga tezroq yetkazib beriladi. Buyraklar ham zoʻr berib ishlab, ona organizmidagina emas, balki homilada ham paydo boʻlgan almashinuv mahsulotlarini ajratib chiqarib turadi. Koʻmikda eritrotsitlar hosil boʻlishi tezlashadi, yaʼni qon miqdori koʻpayadi, qon tomirlari kengayib, gaz alma-shinuvi kuchayadi. Shu bois homilador organizmidagi aʼzo va sistemalarning normal ishlab turishini taʼminlash hamda homila rivojlanadigan qulay sharoit vujudga keltirish uchun oziq moddalar va kislorod koʻp boʻlishi kerak. Homiladorning ahvoli va oʻzini qanday tutishi koʻp jihatdan H.ning normal kechishi, ho-milaning keyin qanday rivojlanib borishi va boʻlgʻusi bolaning sogʻli-gʻini belgilab beradi. Homilador ayolning biror kasallik (gripp, sil, rev-matizm, angina, qandli diabet, kam-qonlik, jigar, buyrak, yurak kasalliklari va boshqalar) bilan ogʻrishi, notoʻgʻri ovqatlanish, kun tartibini buzishi, vrach buyurmagan dorilarni ichishi homila taraqqiyotiga yomon taʼsir qilishi mumkin.

Tibbiyot برنامه های دیگر

دانلود