Komiljon Otaniyozov qo'shiqlar

Sado

Komiljon Otaniyozov qo'shiqlar

Música y audio
  • 0.00
(0 votos)

Instalar gratis

10000

Instalaciones de aplicaciones

Android 4.4+

Versión mínima

Con anuncios

Anuncio

14.10.2019

Fecha de lanzamiento

Cambios recientes:

Sevimli qo'shiqlar

Descripción:

Ushbu ilovada Komiljon Otaniyozovning:

Bulbul go`rdim

Dilbargina

Dog`man

Feruz

Fikr etma

G`ami ishq

Gulandonim

Ko`ring

Lazgi

Muhammasi baxshi

Naylaram

Otashingdir

Poda boqdim

Samarqand ishshoqi

Segoh-1

Segoh-2

Suvora

Xo`sh endi

Na tilar mannan

Yorga tegmasin nomli qo`shiqlari joy olgan.



Komiljon Otaniyozov (1917.20.7, Shovot tumani Boʻyrachi qishlogʻi — 1975.5.11, Toshkent; oʻz qishlogʻiga dafn etilgan) — xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. Oʻzbekiston (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpogʻiston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi boʻlib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yoʻllarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yoʻllarini Matpano Xudoyberganovdan oʻrgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1955—56). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936—52), Farhod ("Farhod va Shirin"), Tohir, Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Qodir ("Gulsara"), Davron Ota ("Davron Ota") kabi obrazlar yaratgan. O. Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957—75 yillarda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957 yilda filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hozirgi "Lazgi", 1957—59 va 1963—68 yillarda badiiy rahbari), 1967 yilda Turkmanistonning Toshhovuz viloyati teatrida xalq ansambli, 1973— 74 yillar Shovot tumanida "Feruz" ansamblini tashkil etdi.

Komiljon Otaniyozov 30-yillardan murakkab xalq ashulalarini, dostonlardan qoʻshiqlar ayta boshlagan. Xorazm suvora va makomlari Komiljon Otaniyozov ijrochilik faoliyatining yuqori bosqichi boʻldi. Komiljon Otaniyozov Xorazm doston qoʻshiq(noma)lari asosida yangicha uslub yaratgan. Bastakor sifatida bu uslubda ijod qilgan "Salom, senga Xorazmdan", "Muborak", "Vatan", "Olqish", "Temir yoʻl", "Oʻzbekiston", "Xorazm" kabi qoʻshiklari oʻzining ommabopligi bilan ajralib turadi. Komiljon Otaniyozov A. Stepanov bilan hamkorlikda "Aziz va Sanam", "Oshiq Gʻarib", S. Hayitboyev bilan "Soʻnggi xon" kabi musiqali dramalar yaratdi. Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Sado Otras aplicaciones de

Descargar