Deyl Karnegi - O'zlikni topish

XojaSoft

Deyl Karnegi - O'zlikni topish

Books & Reference
  • 0.00
(0 votes)

Free Install

10000

app installs

Android 5.0+

minimal version

With ads

advertisement

17.07.2020

release date

Description:

U XX asrning eng muvaffaqqiyatli shaxslaridan biri. Uning kitoblari insonlar uchun o‘ziga xos hayot darsligiga aylanib ketgan. Inson psixologiyasini qunt bilan o‘rgangan Karnegining eng ustun tarafi hayot haqiqatlarini oddiy va sodda qilib tushuntirib bera olganidir. Bugungi maqolamiz orqali Deyl Karnegi shaxsi bilan yanada yaqinroq tanishib olasiz, degan umiddamiz.

Karnegi 1922 yilda muhim bir ishga qo‘l urgan. Keyinchalik o‘zini mashhur magnat Endryu Karnegi bilan adashtirmasliklari uchun o‘z familiyasini o‘zgartiradi. Shundan beri hujjatlarda Carnagey ning o‘rnini Carnegie egalladi.



Amerika jamiyatshunoslarining 50-yillardagi tadqiqoti qiziq xulosa beradi. Odamlar tishlarining oqligiga jiddiy e'tibor bera boshlashgandi. O‘sha davr Amerika hayotining muhim bir qismiga aylangan TABASSUM buning sababchisi edi. Amerikaliklarning tabassum qilishga bunchalik mukkasidan ketishi esa Deyl Karnegiga borib taqaladi. “U hech qancha turmaydi, ko‘p narsaga qodir emas. U hadya qilingan odam boy bo‘ladi, hadya qilgan odam esa kambag‘allashib qolmaydi. Uning davomiyligi bir lahza, ammo xotiramizda abadiyga qoladi. Uni sotib olish, so‘rab olish, qarzga olish, o‘g‘irlab olish behuda. Chunki u chin dildan taqdim etilgandagina qadrli”. Yozuvchi TABASSUM shunday go‘zal ta'rif bergan. O‘z asarlarida ham shunga undagan.

Deylning rafiqasi Dorotini chinakam hammaslak, desak arziydi. U ham xo‘jayini kabi psixoloiya masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblar muallifidir. Ulardan birining nomini o‘qib xulosa qilavering: “Qanday qilib erkakning ishda muvaffaqqiyatga erishishiga yordam berish mumkin?”. Karnegi xonim mazkur savolga javobni topa olgani aniq!

Yozuvchi o‘z yurtdoshlariga shu maslahatni bergan: “Qiyin vaziyatda cho‘ntagingizdan Linkoln portretini oling va uni tomosha qiling!”. Gap shundaki, Avraam Linkolnning tasviri 5 dollarlik kupyurada uchraydi. Pulga tikilish, uni sanash insonga kuch bag‘ishlashi bor gap.

Deyl Karnegi uzoq kuzatishlardan so‘ng shunday xulosaga kelgan: “Nutqda uchta narsa muhim: Kim gapiryapti, qanday gapiryapti, nimani gapiryapti. Eng hayratlanarlisi, bularning ichidagi eng kam ahamiyatlisi nimaning gapirilayotganidir!”. Moddiyat ko‘p hollarda asosiy o‘ringa chiqishi insoniyat psixologiyasiga xos jihat. Afsuski, shunday…
Karnegidan iqtibos: “Tanqid pochtachi kabutarga o‘xshaydi. Qachondir albatta qaytib keladi!”. Kimnidir ayovsiz tanqid qilishdan oldin shu fikrni eslab qo‘ysak, zarar qilmaydi.

Karnegi fikricha, inson boshiga tushuvchi ko‘plab ko‘ngilsizliklarning katta qismi “YO‘Q” degan so‘zni o‘z vaqtida aytmaslik tufayli kelib chiqadi.

Deyl Karnegidan aforizm: “Tortishuvlarda g‘olib chiqishning yagona yo‘li bor - tortishuvlardan qochish!”



Deyl Karnegi vatanparvar inson edi. “Amerikalik har bir erkak to‘rtta sanani yodida saqlashi kerak. Rafiqasining tug‘ilgan kuni, to‘y kuni, Amerika ochilgan kun, AQShning mustaqillik kuni”. Bundan tashqari o‘z telefon raqamida 1492 (Amerika kashf etilgan yil) sonlar ketma-ketligi borligidan faxrlanardi.

24 noyabr AQShda Do‘stlar kuni sifatida bayram qilinadi. O‘sha kuni kitob do‘konlarida Deyl Karnegining kitoblari savdosi avjiga chiqadi. Birinchidan, Karnegi shu sanada tavallud topgan. Ikkinchidan, “Qanday qilib do‘st orttirish va odamlarga ta'sir o‘tkazish” nomli juda mashhur kitobning muallifidir.

Karnegi fikricha, nutqni yetti xil usul bilan tugatish mumkin: ma'lum vaziyatga qaytarish, harakatga undash, tinglovchini maqtash, kuldirish, she'riy parcha keltirish, muqaddas kitoblardan misol keltirish, kulminatsiya hosil qilish.

XojaSoft other Apps

Download