Namozga oid fatvolar

Iymon

Namozga oid fatvolar

Books & Reference
  • 0.00
(0 投票)

免费安装

1000

应用安装

Android 4.2+

最低版本

带广告

广告

24.03.2021

发布日期

最近更改:

Namozga oid fatvolar

描述:

Fatvo (arab. — tushuntirish, izoh, hukm, qaror) — islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm yoki izoh. Islomning dastlabki davrida Muhammad (sav) safdoshlari, ayniqsa, dastlabki toʻrt xalifa (choryorlar)ning turli huquqiy masalalar yuzasidan bergan izohlari, shuningdek, ularning fiqh doir chiqargan qarorlari Fatvo deb aytilgan. Fatvo barcha diniy huquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qoʻshimcha manba sifatida qaralgan. Huquqiy masalalarda berilgan Fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Fatvo Qurʼon, hadislar va shariatga yoki ilgari berilgan Fatvolarga asoslanib chiqariladi.

Fatvo arabcha so‘z bo‘lib, savolga javob berish degan ma'noni bildiradi. Ushbu so‘z Qur'oni karimda ham keladi: odamlar Yusuf alayhissalomning oldiga kundalik iqtisodiy, maishiy turmush tashvishlari bo‘yicha savol so‘rab kelganda, u kishi bu savollarga javob bergan. Keyinchalik bu so‘z diniy-ilmiy istilohga aylangan va dinga oid savol-javobga nisbatan ishlatiladi. Demak, bugungi kunda berilgan savollarga diniy nuqtai nazardan javob berish fatvo hisoblanadi.Ulamolar diniy fatvoni bir necha turga bo‘lishgan. Birinchisi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan so‘ralgan savollar va ularga berilgan javoblar. Bu savol-javoblar shariatimizning joriy etilishi uchun bo‘lgan. Sahobalar tahorat, savdo-sotiq va boshqalar haqida savol berganda, Alloh taolo ul zoti bobarakotga Qur'ondan oyat nozil qilgan yoki o‘zlariga bildirilgan ilhom — hadislar orqali javob berganlar va bu shariatimizga kirgan. Buni “Fatvoi tashri'iy”, ya'ni shariatni joriy qiluvchi fatvolar deyiladi. Bu faqat Payg‘ambarimiz alayhissalom davrlariga xos sanaladi.

Iymon 其他应用

下载