Botir Zokirov qo'shiqlari

Sado

Botir Zokirov qo'shiqlari

Música e áudio
  • 0.00
(0 votos)

Instalação gratuita

10000

Instalações de aplicativos

Android 4.1+

Versão mínima

Com anúncios

Propaganda

02.12.2018

Data de lançamento

Mudanças recentes:

Botir Zokirov qo'shiqlari

Descrição:

Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva — 1985.23.1, Toshkent) — xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artis-ti (1965). Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952— 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakulteti (1958—62)da taʼlim olgan. "Yoshlik" ansambli (1957), Oʻzbek davlat estrada orkestri (1958—70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972—78). 1978 yildan "Oʻzbekkonsert"ning yakkaxon xonandasi. BOTIR ZOKIROV oʻta taʼsirchan tembrli, shirador ovozga ega boʻlgan. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan B. 3. hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: M. Burhonov — "Maftun boʻldim", "Namedonam, chi nom dorad"; I. Akbarov — "Yor kel", "Raʼno", "Gazli", "Seni eslayman"; Sayfi Jalil — "Majnun monologi", "Kechalar yulduz sanab" va boshqa Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind ("Nechun xayolga choʻmding?", "Dil orzusi", "Meychale"), eron ("Maro bebus", "Ayriliq qoʻshigʻi"), misr ("Arabcha tango", "Uyqum oʻgʻrisi"), suriya ("Oʻtmishimga yigʻlayman"), livan ("Goʻzal qiz"), meksikan ("Alvido muhabbat"), italyan ("Yashasin muhabbat") qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik koʻchasi", "Chor minor" kabi asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, "Soʻgʻd elining qoploni" operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. "Kichik shahzoda" (A. de Sent-Ekzyuperi), "Soya" (Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindranat Tagor ("Olovli yoʻllar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlar yaratgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi B. Z.ga bagʻishlangan "Menga qoʻshiqchizib ber" va "Aytilmay qolgan qushiq" hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov "Oʻsha, oʻtgan kunlar" filmini suratga olgan. Toshkent koʻchalaridan bi-riga B. 3. nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994 yil B. 3. nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi "Oʻzbeknavo" qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 1995 yil "Botir Zokirov jamgʻar-masi" tashkil etidsi. 1989 yil dan uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi.

Ushbu ilovada Botir Zokirovning:
- Arab tangosi
- Ben bilerim
- Bir oqshom
- Девушки моей страны
- Habiba
- Hayolim olgan
- Hayolimda
- Hindcha
- Хорошее настроение
- Ismingni topmay
- Lutf aylagil
- Maftun bo`ldim
- Moviy
- Ne qasding
- О, веток
- Песня разлуки
- Проводник каравана
- Ra`no
- Седая любовь
- Seni izlayman
- Umid
- Я к тебе приду
- Я слышу твой голос
- Yor kel qo`shiqlari joy olgan.

Sado Outros aplicativos

Baixar