Asal - ming dardga davo

Tibbiyot

Asal - ming dardga davo

Medicina
  • 0.00
(0 votos)

Instalação gratuita

10000

Instalações de aplicativos

Android 4.4+

Versão mínima

Com anúncios

Propaganda

14.11.2019

Data de lançamento

Mudanças recentes:

Asal ming dardga davo

Descrição:

Asal – hayot sharbati.
Saxovatli tabiatda qadim zamonlardan asalning shifobaxsh xosiyati ma’lum.
Tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning yozishicha asal mijozni tozalaydi, tomir yo‘lini ravon qiladi, ho‘llik va gazakni shimdiruvchi quvvati bor. U ho‘llik va gazakni badanning chuqur erlaridan tortadi, go‘shtni sasish va buzilishdan saqlaydi, chirkli chuqur yaralarni tozalaydi. Asal ko‘z xiraligini ketkazadi. Uni tanglay bilan ezib so‘rish va g‘arg‘ara qilish bo‘g‘madan xalos etishga yordam beradi. Asal suvi me’dani kuchaytiradi, ishtahani ochadi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Achchiqtosh bilan mushtaraklikda temiratkiga davo bo‘ladi. Navqironlikni saqlash uchun, ayniqsa, yoshi 45 dan oshgan kishilar asaldan tez-tez iste’mol qilib turishlari kerak.
Muhammad Husayn ibn Muhammad al-Oqiliy “Maxzan-ul-ladviya” (“Davolar xazinasi”) kitobida asalning xosiyatlari haqida to‘xtalib, unga yuksak baho beradi. Asal a’zolarni tozalaydi, tiqilmalarni ochadi, me’da-ichak devorlaridagi xiltlarni yo‘qotadi, miyani ortiqcha va zararli narsalardan musaffo etadi, falaj, istisqo, sariq kasalliklariga davo bo‘ladi. Salomatlikni yaxshi saqlash uchun har kuni nahorda asalni suv bilan aralashtirib ichib turish lozim. Asal ko‘krak va plevrani yaxshi tozalaydi, taloq kasalliklarini davolashda foydalaniladi, el hosil bo‘lishini to‘xtatadi, buyrak, qovuqdagi toshlarning erishiga yordam qiladi, zo‘riqib siyishda engillik beradi.

Tibbiyot Outros aplicativos

Baixar