O'xshash so'zlar lug'ati

WSpektr

O'xshash so'zlar lug'ati

Books & Reference
  • 0.00
(0 votes)

Free Install

50000

app installs

Android 4.0.3+

minimal version

With ads

advertisement

03.03.2018

release date

Recent changes:

yangilandi

Description:

Paronimlar talaffuzning o‘xshashligi, morfem sostavining qisman yaqinligi tufayli
yozuvda, nutqda adashtirilishi mumkin bo‘lgan, qofiyalashda, shuningdek, so‘z o‘yinida
ishlatiladigan boshqa-boshqa ma’nodagi so‘zlardir. Masalan: kampaniya — kompaniya, sharob —
sharaf so‘zlari ikki paronimik uyani tashkil etuvchi turli ma’nodagi mustaqil so‘zlardir.
Kampaniya — biror maqsadni ko‘zlab ma’lum vaqt, davr ichida o‘tkaziladigan ommaviy
harakat ma’nosini ifodalaydi: paxta yig‘im-terimi kampaniyasi; ekish kampaniyasi; kompaniya
— sherikchilik, ulfatchilik; burjua mamlakatlarida esa kapitalistlarning savdo yoki sanoat
shirkati ma’nolarini ifodalaydi: savdo kompaniyasi kabi.
Sharob va sharaf so‘zlari ham alohida-alohida tushunchaga ega bo‘lgan mustaqil so‘zligi
yaqqol sezilib turibdi. Lekin shunga qaramay, ko‘pincha og‘zaki nutqda, shuningdek, yozma nutqda ham ularni almashtirib, xato ishlatish hollari uchraydi. Choyxona doim kishilar bilan to‘la bo‘lar, Hamza ularga turli temalarda dokladlar qilar, tambur chalib, ashula aytib berar edi. («Sov. O‘zb.») Hovli sathiga yashil gilamlardek to‘shalgan kashnich, ukrop, nildek qoladigan
barra o‘smalar yuzida shabnamlar injudek toblanadi. («O‘zb. madaniyati».)
Keltirilgan faktlardan ko‘rinib turibdiki, nihoyatda yaqinligi va o‘xshashligidan tanbur
o‘rniga tambur, tovlanmoq o‘rniga toblanmoq so‘zlari o‘rinsiz ishlatilgan. Vaholanki, ular
bir-birlaridan ma’no jihatidan tubdan farq qiladilar.

WSpektr other Apps

Download