Islomiyatda Sahobalar Islom dini payg`ambari Muhammadning din jihatdan yo`ldoshlari.Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan birga mo’min-musulmonlikda yashagan va mo’min-musulmonlikda vafot qilgan kishilardir. Har qaysilarini biz do’st tutmog’imiz lozim. Ularning eng afzallari hazrati Abu Bakr Siddiq , hazrati Umar ibn Xattob, hazrati Usmon ibn Affon, hazrati Ali Murtazo roziallohu anhumlar. Ushbu to’rt sahoba muhtaramu mukarram choryorlardir. Jamiki musulmonlar ushbu choryorlarning har qaysilarini do’st tutmog’i lozim.