Qurbonlik risolasi

Iqbol

Qurbonlik risolasi

کتاب‌ها و منابع
  • 0.00
(0 رای)

نصب رایگان

1000

نصب ها

Android 4.1+

نسخه حداقل

با تبلیغات

تبلیغات

04.08.2019

تاریخ انتشار

توضیحات:

Kitob muallifi: Xasip Asutay
Tarjimon: Sayfiddin Sayfulloh

MUQADDIMA
Biz mansub bo‘lgan Islom dinining moliy ibodatlaridan bo‘lgan qurbonlik, buyuk
Allohning ne’matlari uchun shukr etishimiz va Uning yo‘lida fidokorlik qilishimizning bir
nishonasidir.
Qurbonlik diniy bir ibodat bo‘lishidan tashqari, ayni vaqtda uning axloqiy, ijtimoiy va
iqtisodiy ahamiyati ham bor. Qurbonlik shu jihati bilan ham Islomdagi o‘zaro ijtimoiy
yordamlashishning go‘zal bir namunasini tashkil etadi. Qurbonlikdan maqsad, Alloh
roziligini topish. Bu maqsadning amalga oshishi esa kibr va riyodan uzoq bo‘lib,
samimiyat va ixlos bilan qurbonlikni ado etishga bog‘liqdir. Bo‘lmasa, Allohning na
qurbonlik go‘shtiga, na qoniga ehtiyoji bor. Qur’oni karimda mavzuga doir aytilganki:
«Allohga (qurbonlik) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin, u Zotga
sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli - U zotni
ulug‘lashlaringiz uchun - ularni sizlarga bo‘ysundirib qo‘ydi. Ezgu ish
qiluvchilarga xushxabar bering!». (Haj surasi, 37-oyat).
Musulmon birodarlarimizning bu ibodatni bajarayotganlarida, umuman shu mavzu bilan
bog‘liq ko‘plab savollar tushishini hamda mavzuga doir sodda, ommabop manbalarning
kamligini inobatga olib diniy, axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati bo‘lgan bu sohada
kitob yozishga kirishdik.
Kitobimizni yozayotganda mavzuni xalqimiz va din olimlari foydalanadigan shakl va
uslubda tushuntirishga harakat qildik. Hukm va masalalarni hanafiy fiqhi asosida
tushuntirdik. Faqat ayrim muhim va farqli qarashlar bor bo‘lgan o‘rinlarda shofi’iy
mazhabining nuqtai nazarlarini ham sharh qismida va snoska (matn osti)da izohlab
berdik. Lozim bo‘lganda murojaat qilish uchun imkoni boricha manbalarni ham ko‘rsatib
o‘tdik. Ushbu ishimiz shu holatida ham mavzuimizga doir muhim bir bo‘shliqni to‘ldiradi,
degan qanoatdamiz. Lekin qancha harakat qilmaylik xato va kamchiliklar o‘tib ketgan
bo‘lishi mumkin. Shu sababli foydali tanqidlarni samimiyat bilan qabul qilamiz va keyingi
nashrlarda inobatga olamiz, inshoalloh. Muvaffaqiyat Allohdandir.

Iqbol برنامه های دیگر

دانلود