Fotiha surasi audio mp3, tarjima matni

Iymon

Fotiha surasi audio mp3, tarjima matni

Music & Audio
  • 0.00
(0 رای)

نصب رایگان

50000

نصب ها

Android 5.0+

نسخه حداقل

با تبلیغات

تبلیغات

20.05.2020

تاریخ انتشار

تغییرات اخیر:

Version 5.0

توضیحات:

Fotiha surasining arabcha yozilishi, o‘qilishi, tarjimasi va ma’nosi hamda mashxur qorilar tomonidan tiloat etilgan audio mp3 ko‘rinishi jamlangan mobil ilova.

Fotiha surasi (arabcha: سورة الفاتحة, nomining ma’nosi — Ochuvchi) — Qur’onning 1-surasi. Makkiy suralardan biri, 7 oyatdan iborat. Bu sura Qur’onning 1-sahifasida va 1-juzida joylashgan. 5-bo‘lib nozil bo‘lgan. Qur’on nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan bo‘lsada, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri — «Sab’ul-masoniy», ya’ni «ikki bor nozil qilingan yetti oyat» demakdir.

Suraning o‘nga yaqin nomlari bo‘lib, ulardan eng mashhuri «Fotiha», ya’ni, «ochuvchi» — suralarning joylashishi bo‘yicha avvalida qo‘yilgani uchun unga shu nom berilgan. «Al-Hamdu» so‘zi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda o‘zida mujassam etgani uchun «Ummul-Qur’on», ya’ni «Qur’onning onasi» nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab ba’zi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar.

«Bismillohir Rahmonir Rahim» oyati «Fotiha» surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qo‘shib qo‘yilganmi degan masalada mujtahidlarning ba’zilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qur’ondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma «Bismilloh»lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi — fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. «Bismilloh» oyati faqat bir joyda — Naml surasining 30- oyatida kelgan, deb ta’kidlaydilar.

Abu Hanifa (Imom A’zam) ham shu fikrda bo‘lganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan ko‘chirilgan va chop etilgan Qur’on nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda «Fotiha» surasining boshida kelgan «Bismilloh»ga raqam qo‘yilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qur’onlarda esa unga birinchi raqam, «Fotiha» surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo‘yadilar.

Ushbu sura tarjimasi va ma’nolari islom.uz va quron.uz saytlaridan olindi.
Audio materiallar mp3muslim.uz saytidan olindi.

Iymon برنامه های دیگر

دانلود