Muqadima
Muhtaram kitobxon!
Mana, siz «Falsafa» fanini o‘rganishga kirishdingiz. «Bu qanday fan?», «U nimalar haqida bahs yuritadi?» degan savollar bilan ushbu kitobni ochdingiz. «Falsafani nima uchun o‘rganish lozim?», «Un- dan olingan bilimlarni hayotda qo‘llash mumkinmi?» kabi savollar ham xayolingizdan o‘tgan bolishi mumkin.