Siz yoqtirgan qo'shiqlar
Alpomish
Azizim
Bilarsan
Do`st
Ko`nglim
Ko`pkari
Kurash
Muhabbatimsiz
Opa
Opa-uka
Otam
O`tov
Qaddingni ur hay haya
Sizdan kechib bo`lmaydi
Roksana
Surxonim
Tulpor
Vatan
Yigitga pul
Hosila Rahimova 1975-yil 22-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida shifokorlar oilasida tavallud topdi. U oddiygina maktab bilan birga musiqa maktabining xonandachilik va maqom yo'nalishi bo'yicha tahsil olib, qo'shiq sirlarini bolaligidan o'rgana boshladi. Barcha maktab tadbirlarida ham ishtirok etib Respublika bosqichlarigacha g'olibliklarni qo'lga kiritardi. Maktabni tamomlagandan so'ng (1998-2002 yillar) A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining an'anaviy ijrochilik fakultetini ham tamomlaydi. Ilk ijodini esa 2000-yil "Kelgin yor" qo'shig'i bilan boshlaydi. Keyingi "Jon-jon", "Biyigul", "Ko'pkari" qo'shiqlari esa xonandaning xit taronalariga aylanadi. Hozirgi kungacha 80dan ortiq qo'shiqlarini, 20dan ortiq kliplarini o'z muhlislariga havola etdi. Bundan tashqari Hosila Rahimova o'zining 5ta albomini ham muhlislarga havola etgan. 2003-yil "Sizdan kechib bo'lmaydi", 2004-yil "Sog'indim", 2006-yil "Tog' qizi", 2008-yil "Yurtimning bahori senmisan" va 2010-yil "Har o'landa yurt madhi" nomli musiqiy dasturlar ana shular jumlasiga kiradi. Hosila Rahimova bir qancha chet el davlatlarida, Shimoliy Koreya, Malayziya, Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlarida o'z konsert dasturlari bilan ishtirok etib, O'zbekiston bayrog'ini ko'klarga ko'targan. Xonanda bir qancha mukofotlarga ham sazovor bo'lgan. 1998-yilda "O'zbekiston Vatanim mani" ko'rik tanlovida 3-o'rin sohibi bo'lgan. 2003-yil "Shuhrat" medali hamda 2008-yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvonlariga sazovor bo'lgan. Hosila Rahimovani nafaqat O'zbekistonda balki chet davlatlarida ham san'atini xurmat qilishib, qo'shiqlarini tinglashadi. Shimoliy Koreya, Malayziya, Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlarida o'zining gastrol konsertlarini namoyish etgan.